«toshkent iibb» tegli maqolalar


“G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan” — Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
12 dekabr 2023, 16:07

“G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan” — Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Toshkent shahar IIBB birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, tadbirkor G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan va qidiruvga berilmagan.

Toshkentda jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda
2 dekabr 2023, 11:19

Toshkentda jinoiy guruhlarni qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, deya xabar beradi poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi
28 avgust 2023, 20:45

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
20 iyul 2023, 15:53

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘nlab o‘smirlarni «profilaktik suhbat» uchun olib ketdi
6 mart 2023, 13:20

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘nlab o‘smirlarni «profilaktik suhbat» uchun olib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda o‘nlab o‘smirlarning hibsga olingani muhokama qilinmoqda. Ular IIBga «profilaktik suhbat uchun» olib ketilgan. Huquq-tartibot idoralarining aytishicha, Forumlar saroyi yaqinida «Ryodan» tarafdorlarining chaqiruvlari sabab 50 nafar o‘smir yig‘ilgan.

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi
1 fevral 2023, 12:17

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

Yangihayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Mazkur ishda gumonlanuvchi 29 yoshli erkak ushlandi. U marhumaning xonadonida avvalroq ta’mirlash ishlarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi
4 dekabr 2022, 15:35

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi

Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
25 noyabr 2022, 18:48

Toshkentda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Davr bank» tizimidan 15 mlrd so‘m o‘g‘rilandi
3 avgust 2022, 16:02

«Davr bank» tizimidan 15 mlrd so‘m o‘g‘rilandi

Fuqaro «Davr bank» tizimiga noqonuniy ulanib, 15 mlrd so‘mni do‘stining kartalariga o‘tkazgan, so‘ngra pul jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangani aytilmoqda. 11 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan, ikki nafari qidiruvda.

Bloger Bobur G‘aniyev 15 sutkaga qamaldi. Sud «ment» so‘zini haqoratomuz so‘z deya ta’rifladi
4 oktabr 2021, 10:06

Bloger Bobur G‘aniyev 15 sutkaga qamaldi. Sud «ment» so‘zini haqoratomuz so‘z deya ta’rifladi

Avtobloger Bobur G‘aniyev IIBB xodimlarini haqorat qilgani uchun 5,4 mln so‘mga jarimaga tortildi. Sudya «ment» so‘zini haqoratomuz deb ta’rifladi. Bloger va uning sheriklari IIO xodimlarining xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi. Deputat Rasul Kusherbayev blogerning telefoni tintuv qilingani qanchalik qonuniy ekanligi bo‘yicha savolga berildi va qamoqning «ommani o‘ziga jalb qilish» bilan tushuntirilganligi bo‘yicha xavotir bildirdi.

IIBB Toshkentdagi tungi «otishma» tovushlarini tug‘ilgan kunlarni nishonlash bilan bog‘ladi
18 avgust 2021, 16:28

IIBB Toshkentdagi tungi «otishma» tovushlarini tug‘ilgan kunlarni nishonlash bilan bog‘ladi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati poytaxtning turli tumanlarida aholiga eshitilayotgan otishmaga o‘xshash tovushlarni tug‘ilgan kunni nishonlash bilan izohladi.

«Mingo‘rik» yodgorligi yonidagi qurilish ishlari ruxsat olinmasdan boshlangan — Senat
11 may 2021, 15:05

«Mingo‘rik» yodgorligi yonidagi qurilish ishlari ruxsat olinmasdan boshlangan — Senat

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Mingo‘rik arxeologiya yodgorligi yonida Toshkent shahar IIBB Ma’naviyat va ma’rifat markazining qurilishi tegishli ruxsat olinmasdan boshlangan, deya ma’lum qildi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.

Toshkentda IIBda so‘roq qilingandan so‘ng vafot etgan fuqaro yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
5 aprel 2021, 17:33

Toshkentda IIBda so‘roq qilingandan so‘ng vafot etgan fuqaro yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentning Yunusobod tumanida kechki payt 3 nafar fuqaro IIBga so‘rov uchun olib kelingan. Fuqarolar qo‘yib yuborilgandan keyin taxminan 6 soatlardan so‘ng ulardan birining murdasi topilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasida marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgani aniqlandi.

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident
12 fevral 2021, 15:54

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi
21 sentabr 2020, 09:49

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev tayinlandi. Jo‘rayev oldinroq ichki ishlar vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Toshkentda mashina urib yuborgan avtoinspektor vafot etdi
4 sentabr 2020, 13:40

Toshkentda mashina urib yuborgan avtoinspektor vafot etdi

1 sentyabr kuni poytaxt markazida Lacetti urib yuborgan yo‘l-patrul xizmati inspektori Salim Umarov voqeadan uch kun o‘tib kasalxonada vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting